
La Liga uchrashuvi ilk marotaba TikTokda jonli namoyish etiladi
La Liga 32-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad" - "Betis" uchrashuvi TikTokda jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.
Ushbu g‘oya Ispaniyaning "Gol" telekompaniyasiga tegishli. Unga ko‘ra, bahs 9:16 format va yuqori sifatda efirga uzatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu TikTokda jonli namoyish etiladigan ilk katta turnir o‘yini bo‘ladi. Shuningdek, bu uchrashuv "Gol" kompaniyasining telekanalida ham jonli tarzda efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv 16-dan 17 aprelga o‘tar kechasi 00:00da boshlanadi.
Fikrlar