La Liga uchrashuvlarini endi TikTokda ko‘ramiz!

  • 9 aprel, 2022, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 32-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad" va "Betis" jamoalari uchrashuvi TikTok platformasida jonli efirda namoyish etiladi.

Tecno

Ushbu efirni Gol telekompaniyasi tashkil qiladi. Aytish kerakki, bu La Ligadagi birinchi tajriba bo‘ladi. Efirda Mediapro bilan birgalikda 30 dan ortiq kishi ishlaydi. Namoyish vertikal formatda, 9:6 nisbatda va 4K formatda bo‘ladi.

Bu haqda La Liganing OAVlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Alfredo Bermexo shunday dedi:

-Bu La Ligadan yangi auditoriyaga erishish va futbolimizni imkon qadar ko‘proq odamlarga yoyish uchun yana bir qadamdir.

Ma’lumot uchun, “Real Sosedad” hamda “Betis” jamoalari bahsi 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!