
La Ligada navbatdagi iste’fo yuz berdi
Michel Gonsales bugun “Malaga” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 54 yoshli mutaxassis “Malaga”ni 2017 yilning martidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvida jamoa La Liganing 11-pog‘onada yakunlagan edi.
Aytish lozimki, “Malaga” ayni damda chempionatning o‘tgan 19ta tur yakunlariga ko‘ra 11 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Sevilya" ham murabbiyining salomatligi bilan bog‘liq muammolari sabab uni o‘z lavozimidan ozod etgan edi.
Fikrlar