
La Ligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
"Sevilya" hujumchisi Yussuf En-Nesiri Ispaniya La Ligasining o‘tgan yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
23 yoshli marokashlik futbolchi o‘tgan oy jami 7 ta golga mualliflik qildi. Jumladan, "Real Sosedad" (3:2) va "Kadis"ga (3:0) qarshi o‘yinlarda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golini "Alaves"ga (2:1) qarshi o‘yinda kiritdi.
En-Nesiri joriy mavsum “Sevilya” safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta golga mualliflik qildi. Uning andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar