Lamin Yamal qaysi klub bilan shartnoma tuzishi ma’lum bo‘ldi

  • 17 dekabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi Lamin Yamal  manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Jorje Mendesh mijozining kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Lamin albatta “Barselona” bilan hamkorlikni uzaytiradi. Yamal “Barselona”ga sodiq va Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi, - dedi Jorje Mendesh.

Iste’dodli hujumkor futbolchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.

“Barselona” kelajagi porloq o‘yinchiga 2030 yilning yarmigacha davom etadigan yangi bitim beradi. Bu shartnoma Yamal 18 kirganida imzolanishi kutilmoqda.

Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 21 marotaba maydonga tushib, oltita gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali ekspertlari “barselona” tarbiyalanuvchisini 150 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!