“Lans”da Husanov bilan o‘ynagan futbolchi boshqa klubga o‘tdi
“Lans”da Abduqodir Husanov bilan yonma-yon o‘ynagan markaziy himoyachi Kevin Danso yeyinchalik “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tgan edi. Endi tajribali futbolchi yana jamoa almashtirdi.
“Sanderlend” uni “Tottenxem”dan yangi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Danso 2025 yil fevral oyida “Lans”dan “Tottenxem”ga keldi. Dastlab u ijara asosida kelgandi, keyin esa 21 million funt evaziga doimiy ravishda sotib olindi.
Londondagi bir yarim yil davomida Danso 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi. Biroq hozirgi vaqtda “shporlar” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi markaziy himoyachilar yetishmasligidan aziyat chekmayapti.
Shu sababli Dansoga “Sanderlend”ga o‘tishga ruxsat berildi. Agar klub Premyer-ligadan tushib ketishdan qutulib qolsa, u holda “Sanderlend” mavsum oxirida 27 yoshli avstriyalik futbolchini 22 million funt evaziga majburiy ravishda sotib olishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar