“Lans”da va Husanov atrofida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda!

  • 29 avgust, 2024, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum “Lans” uchun juda muvaffaqiyatli boshlandi. Uill Still shogirdlari Frantsiya chempionatida ketma-ket ikki g‘alabaga erishdi.

Tecno

Bundan tashqari, UEFA Konferentsiyalar ligasida Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasini birinchi uchrashuvda mag‘lub etishni uddaladi.

Oldinda lansliklarni Afina shahridagi javob o‘yini kutib turibdi. Gretsiyada hech bir mehmon jamoaga oson bo‘lmaydi. Bu yurtga qadam qo‘ygan futbolchilar katta bosim ostida to‘p tepishiga to‘g‘ri keladi.

Muhim uchrashuv oldidan “Lans” bosh murabbiyi Uill Still oldida zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan masala paydo bo‘ldi. Gap shundaki, greklar bilan bo‘lgan dastlabki uchrashuvda asosiy himoyachilardan Fakundo Medina qizil kartochka olgandi. O‘sha bahsda argentinali futbolchi o‘rnini Abduqodir Husanov to‘ldirdi.

Medina Afinadagi uchrashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradi.

Shu kunlarda “Lans” himoya chizig‘i etakchisi Kevin Danso “Roma” ko‘chib o‘tishi hal bo‘ldi. Frantsuzlar avstriyalik charp to‘p ustasini bir mavsum ijaraga jo‘natyapti. Endi Uill Still bir emas, ikki asosiy himoyachi o‘rnini to‘ldirishi kerak.

Jamoani qutqaruvchi roliga birinchi nomzod Abduqodir Husanovdir. 20 yoshli markaziy himoyachimiz bir yildan beri shu ishni bajarib kelyapti.

“Lans” etakchilaridan biri, jamoada oltinchi mavsumini o‘tkazayotgan Jonatan Gradit Kevin Dansoning jamoadagi o‘rni va uning yo‘qligini bildirmaslik bo‘yicha o‘zbek futbolchisining salohiyati etishi haqida gapirdi.

- Dansoning ketishi haqida hayajon bilan gapirishimga to‘g‘ri keladi. Biz fantastik davrlarni birga o‘tkazdik. U men uchun juda qadrli o‘yinchi. Birga ko‘p o‘yinlarda yonma-yon kurashganmiz va bular xotiramda abadiy qoladi. Hamkorlikda uch yil o‘ynadik, birgalikda o‘sdik.

Klub Dansoga o‘rinbosar topishda yaxshi ishlarni amalga oshira oldi. Biz yozda Dansoga taklif bo‘lishini bilardik. Abduqodir Husanov yoki jamoaga yangi kelgan Malang Sarr bizga yordam bera oladi.

Ayniqsa, Abduqodir juda iste’dodli o‘yinchi. Tezkor va baquvvat. Lekin o‘yinlarda shiddatini biroz pasaytirishni o‘rganishi kerak.

Husanovning foydali sifatlari juda ko‘p va asosiy himoyachilar uchligiga kirib olishi ko‘p vaqt talab etmaydi. O‘zbek futbolchisi juda kamtar va bu ba’zan qiyinchilik tug‘diradi. Uning o‘z dunyosi bor va sekin-asta bizga ochilyapti.

Frantsuz tilida maqsadini tushuntirishga qiynalyapti, lekin futbol intellekti shu qadar kuchligi maydonda bir birimizni o‘zaro tushunishimiz umuman muammo emas. Muloqotdagi kamchiliklarini futboldagi mahorati bilan to‘ldirmoqda.

Haqiqatan, Abduqodir juda aqlli o‘yinchi va ko‘p hollarda bizni hayratga soladi, - dedi Jonatan Gradit jamoadoshi haqida.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov o‘tgan yili yozda Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan o‘sha paytdagi Frantsiya vitse-chempioni “Lans”ga 100 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda Frantsiya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi va Evropa Ligasida maydonga tushgan 20 yoshli hamyurtimizning ayni paytdagi transfer summasi 2,5 million evroni tashkil qilmoqda.

“Lans”ning UEFA Konferentsiyalar ligasi doirasida “Panatinaikos”ga qarshi o‘tkaziladigan javob uchrashuvi 29 avgustga belgilangan.

Shomurodov avjida! “Roma”ning legioner bo‘yicha so‘nggi qarori qanday?

Tezkor: Gol urgan Shomurodovga darrov yangi xaridor chiqdi!

Shomurodovning “Roma”dagi ikki raqobatchisi yurtiga ketadi!

Parijda porlagan legionerimiz Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqchi!

Shomurodov buni 834 kun kutdi!

Shomurodov zo‘r o‘yinchi edi, lekin “Roma”da uni “bo‘g‘ib” qo‘yishdi!

Shomurodov maydonga tushdi va hammani uyaltirib qo‘ydi! “Roma” muxlislari Eldor haqida yana nimalar deyapti?

Gol Shomurodovning kelajagiga qanday ta’sir qiladi? Eldor faoliyatini qaysi jamoada davom ettiradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
28/08/2024 17:05
Абдуқодир босс укам, омадингни берсин. сен энг зўрисан