Shomurodovning “Roma”dagi ikki raqobatchisi Argentinaga ketadi!

  • 29 avgust, 2024, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Arentina terma jamoasi murabbiylar shtabi sentyabr oyidagi FIFA kunlari munosabati bilan bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Amaldagi jahon chempionlari 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatining mintaqaviy saralash turniri doirasida Chili va Kolumbiya terma jamoalariga qargi maydona chiqadi.

E’tiborga molik jihati, Argentina terma jamoasi sardori va sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi bo‘lajak uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Messining o‘rnini “Roma” hujumchisi Paulo Dibala egallaydi. Mohir hujumchi bir yarim yillik tanaffusdan keyin yana mamlakat bosh jamoasiga chaqirtirildi.

Shuningdek, bu galgi yig‘inlarga yozda Rim klubga qo‘shilgan hujumchi Matias Sule ham jalb qilindi. Ta’kidlash lozimki, Dibala va Sule “Roma”dagi hamyurtimiz Eldor Shomurodovning raqobatchilari hisoblanadi.

Argentina terma jamoasi tarkibi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Darvozabonlar:

Emiliano Martines (“Aston Villa”), Xuan Musso (“Atalanta”), Jeronimo Ruli (“Marsel”), Valter Benites (PSV).

Himoyachilar:

Gonsalo Montiel (“Sevilya”), Nauel Molina (“Atletiko”), Leonardo Balerdi (“Marsel”), Kristian Romero (“Tottenxem”), German Petstsela (“River Pleyt”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”), Nikolas Talyafiko (“Lion”), Valentin Barko (“Sevilya”).

Yarim himoyachilar:

Gvido Rodriges (“Vest Xem”), Leandro Paredes (“Roma”), Aleksis MakAllister (“Liverpul”), Rodrigo De Paul (“Atletiko”), Esekel Fernandes (“Al-Qodisiya”), Entso Fernandes (“Chelsi”), Jovani Lo Chelso (“Tottenxem”).

Hujumchilar:

Alexandro Garnacho (“Manchester Yunayted”), Nikolas Gonsales (“Yuventus”), Lautaro Martines (“Inter”), Valentin Karboni (“Montsa”) Xulian Alvares (“Atletiko”), Juliano Simeone (“Atletiko”), Valentin Kastelyanos (“Latsio”), Matias Sule (“Roma”), Paulo Dibala (“Roma”).

Qizig‘i shundaki, Argentina terma jamoasida mamlakatning milliy ligasidan birorta futbolchi yo‘q. Deyarli barcha o‘yinchilar Evropaning kuchli ligalarida faoliyat yuritadi va bir nafar Esekel Fernandes Osiyo qi’asi jamoasi a’zosi sanaladi.    

Saralash turnirida peshqadamlik qilayotgan argentinaliklar 6 sentyabrda o‘z maydonida Chili futbolchilarini qabul qiladi va to‘rt kundan keyin Kolumbiya terma jamoasi mehmoni bo‘ladi. O‘nta mamlakat terma jamoalari ishtirok etayotgan mintaqaviy saralash turnirida dastlabki olti pog‘onani egallaganlar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Parijda porlagan legionerimiz Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqchi!

Shomurodov buni 834 kun kutdi!

Shomurodov zo‘r o‘yinchi edi, lekin “Roma”da uni “bo‘g‘ib” qo‘yishdi!

Shomurodov maydonga tushdi va hammani uyaltirib qo‘ydi! “Roma” muxlislari Eldor haqida yana nimalar deyapti?

Gol Shomurodovning kelajagiga qanday ta’sir qiladi? Eldor faoliyatini qaysi jamoada davom ettiradi?

Supergol urib, sensatsiya ko‘targan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!