
Laporta Xaviga “Real”da o‘ynagan yulduzni olib bermoqchi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida argentinalik hujumkor futbolchi Anxel di Mariyani transfer qilmoqchi.
AS nashrining xabar berishicha, ayni paytda PSJ sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli futbolchiga Kataloniya klubi xo‘jayini Joan Laporta qiziqish bilan qaramoqda.
Di Mariya bundan bir necha avval kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real” sharafini himoya qilgan.
Anxelning parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Tomonlar hali yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q. “Barselona” tajribali futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritmoqchi.
Di Mariya 2007 yili “Rosario”dan Evropaga yo‘l olganidan keyin “Benfika”, “Real” va “Manchester Yunayted” klublarida ham to‘p tepgan. U parijliklar safida 2015 yildan beri o‘ynayapti. Mohir futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 20 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va beshta assist qayd etdi.
Fikrlar