
"Latsio" Lukas Bilyaning o‘rnini kim bilan to‘ldirmoqchi?
Rimning “Latsio” klubi tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan Lukas Bilyaning o‘rniga munosib nomzodlarni qidirishni boshlab yubordi. Football Italia nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda rimliklar “Liverpul”ning sobiq a’zosi Lukas Leyva hamda “Beshiktosh” xavbeki Tolgay Arslonlarni ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Aytish kerakki, “Latsio”ning bu boradagi asosiy nishoni sifatida o‘tgan oyda mersisaydliklar bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agentga aylangan Leyva tilga olinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra Rim klubi ayni damda 30 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha muzokaralarni olib bormoqda. 26 yoshli Arslonning esa “Beshiktosh” bilan yana bir yillik shartnomasi bor.
Ma’lumot uchun, Arslon o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida jami 30ta uchrashuv o‘tkazgan. Leyva esa APLda 24ta o‘yinda ishtirok etib, 3ta golga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar