"Latsio" PSJga o‘z talabini ma’lum qildi

  • 1 iyul, 2020, 14:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichni yozda ushlab qolish qiyin bo‘lishini hisobga olib, uni katta summa evaziga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Rim klubi o‘z futbolchisi transferi ortidan 100 million evro ishlab olmoqchi. Serbiyalik yarim himoyachining "burgutlar" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Avvalroq, "Latsio" PSJning 60 million evroli taklifiga rad javobini berganligi xabar qilingan edi.

Joriy mavsumda Milinkovich-Savich A Seriya bahslarida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va beshta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!