Lautaro "Fluminense"ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadoshlariga jiddiy murojaat qildi

  • 1 iyul, 04:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Fluminense"ga qarshi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan chiqib ketgani borasida fikr bildirdi:

Tecno

"Birinchi bo‘limda o‘yindan butunlay chiqib qoldik. Gol o‘tkazib yubordik, uzatmalarda va o‘zaro sug‘urtada xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi taymda ancha yaxshiroq harakat qildik va barcha kuchimizni sarfladik. Har ikki jamoa uchun ob-havo juda issiq, maydon esa quruq edi.

Biz ruhan charchagan edik, ayrim futbolchilarimiz etishmasdi. Muxlislardan uzr so‘rayman. Hozir dam olib, keyingi mavsumni imkoniyat darajasida yaxshi boshlashimiz kerak.

Murabbiy bizga kuchli turtki berdi. Bugun musobaqani tark etgan bo‘lsak-da, muhim signal berildi: kim qolmoqchi — qolsin, kim ketmoqchi — ketsin. Biz katta tarixga ega futbolka uchun kurashyapmiz va katta maqsadlar sari intilish kerak.

Bu gaplaringiz bilan kimni nazarda tutyapsiz?

"Men barcha haqida gapiryapman. Mavsum uzoq va og‘ir bo‘ldi, mukofotsiz yakunlandik. Bu umumiy chaqiriq: biz yuqori maqsadlarga intilishimiz kerak. Yuqorida qolish uchun xohish, jamoaviylik kerak" — dedi Lautaro "Sport Mediaset"ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!