
Lautaro Martines ota bo‘ldi! (FOTO)
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines ilk marta ota bo‘ldi. Argentinalik futbolchi yangi dunyoga kelgan qizchasiga Nina, deb ism qo‘ydi.
23 yoshli Martines “Inter” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum “neradzurrilar” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar