Lautaro Martines uchun APL klubi da’vogarlik qilmoqchi

  • 8 fevral, 2020, 15:10
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines "Chelsi" qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda Evening Standart.

London klubi rahbariyati joriy yil yozida hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida "Inter" hujumchisini xarid qilishga urinib ko‘rmoqchi.

Ta’kidlanishicha, argentinalik forvardning transfer narxi taxminan 110 million evroga baholanmoqda.

Shuningdek, "Chelsi" "Lion" hujumchisi Mussa Dembelega qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda Martines "nerazzurrilar" libosida 27 ta bahsda maydonga tushib, 16 ta gol kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Oldinroq, "Chelsi" "Ayaks" darvozaboni Andre Onanni ham sotib olishga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!