
Lazizbek Mullajonov raqibni "yanchib tashladi"!
Xabaringiz bor, ayni paytda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Grand-prisi bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov ishtirokidagi jang yakunlandi.
3-raund davom etayotgan paytda vakilimiz raqibi panamalik Marvin Mendosaga juda kuchli zarbalar yo‘lladi va referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Mullojonov g‘alabani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar