
Legionerimiz klubini tark etdi
Iste’dodli futbolchilardan biri Shoxruh Mahmudxojiev mavsum boshida Tojikistonning “Xo‘jand” klubi a’zosiga aylangandi. Lekin u erda hamyurtimiz o‘zi istaganchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, Mahmudxojiev “Xo‘jand” klubini tark etdi. Bu xabarni jamoa bosh murabbiyi Rustam Xodjaev Sports.uz saytiga bergan intervyusida tasdiqladi.
Ayni paytda Shoxruhning oldida Superligadan takliflar bor. Shu kunlarda futbolchi yangi jamoaga o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar