
Legionerimiz o‘z klubini tark etdi
Mavsum boshida Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasi safiga to‘rt nafar hamyurtimiz – Ma’mur Ikromov, Siroj Hamroev, Sanjar Rixsiboev va Andrey Sidorov ko‘chib o‘tgandilar. Birinchi davradan keyin esa ularning soni bittaga qisqardi.
Gap shundaki, hujumchi Andrey Sidorov “Xo‘jand” bilan xayrlashdi. Futbolchining o‘zi ham klubdan ketganini tasdiqladi.
Aslida u Tojikistonda karantin joriy etilib, chempionatda tanaffus e’lon qilingan paytdayoq jamoadan ketgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda esa u erda birinchi davra bahslari yakuniga etgan va “Xo‘jand” ikkinchi davraga tayyorgarlik olib bormoqda. Sidorov endi qaerda to‘p suradi? Buni albatta vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar