
Legionerlar. Fozil Musaevning J-ligadagi dastlabki golini tomosha qiling (video)
Xabaringiz bor, Yaponiyaning “Jubilo Ivata” klubida hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p tepadi.
Kecha J-liganing 5-turidan o‘rin olgan “Jubilo Ivata” – “Shimizu” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz faoliyat olib borayotgan “Jubilo Ivata” 3:1 hisobida xafar quchdi.
E’tiborlisi mazkur bahsda Fozil Musaev 22-daqiqada sariq kartochka ishlab olgan bo‘lsa, oradan 15 daqiqa o‘tib Yaponiya chempionatidagi ilk golini urishga erishdi. Shuningdek, Fozil 78-daqiqada o‘z o‘rnini Matsuiga bo‘shatib berdi.
Shu tariqa, Fozil Musaev J-ligadagi o‘zining dastlabki golini urdi. Quyida ushbu bahsda hamyurtimiz kiritgan golni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar