
Legionerlar. “Jubilo Ivata” g‘alaba qozongan bahsda Fozil Musaev to‘liq o‘ynadi
Bugun Yaponiya chempionatining 18-turidan o‘rni olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda. Fozil Musaev to‘p tepadigan “Jubilo Ivata” o‘z maydonida “Ventforet Kofu”ni qabul qildi.
Ushbu bellashuvda mezbonlar 14-daqiqada Kengo Kavamataning yagona goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz esa maydonda 90 daqiqa to‘liq harakat qildi.
“Jubilo Ivata” - “Ventforet Kofu” 1:0
Gol: Kengo Kavamata 14.
Fikrlar