
Legionerlarimiz. Bugun Sardor Rashidov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Qatar Yulduzlar ligasi yangi mavsumiga start beriladi.
Legionerimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan "Umm-Salal" klubi ilk tur bahsini o‘z maydonida o‘tkazadi. Hamyurtimiz jamoasiga "Al-Axli" Doxa klubi raqiblik qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Rashidov jamoasi 25 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasidan o‘rin olgan.
Fikrlar