Legionerlarimiz. Salomovning jamoasi o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
Bugun Qozog‘iston Premer ligasida 19-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Shavkat Salomov faoliyat olib boradigan “Atirau” jamoasi o‘z maydonida “Taraz”ni qabul qildi.
Hamyurtimiz o‘yinni ilk daqiqalaridanoq asosiy tarkibda boshladi. Biroq uning jamoasi bugun 1:3 hisobida mehmon jamoaga mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, “Atirau”ning ochkolari soni 17 taligicha qoldi 12 jamoa orasida 10-o‘ringa tushib ketdi.
Qozog‘iston Premer Ligasi. 19-tur
“Atirau” – “Taraz” 1:3
Gollar: Xayrullin(64) – Maurise(21, 71), Taubay(75).
Fikrlar