
Legionerlarimiz. Sharofetdinovning goli jamoasiga ilk ochkoni olib keldi
Bugun Malayziyada mamlakat kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Dilshod Sharofetdinov to‘p suradigan “T-Tim” jamoasi safarda “Matriks” klubi mehmoni bo‘ldi.
Ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz 95-daqiqada belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi.
E’tiborlisi, Malayziyada Kubok o‘yinlari guruh bosqichi tizimida o‘tadi va Sharofetdinovning goli kubok bahslarida jamoasiga ilk ochkoni taqdim etdi.
Malayziya Kubogi
“Matriks” – “T-Tim” 3:3
Gollar: Suzuku(4), Bexe(24), Qodir(84) – Moxd Norxakim(54), Faxurazi(74), Dilshod Sharofetdinov(90+5 penaltidan).
Fikrlar