Legionerlarimiz. Tojiev va Sharofetdinov to‘p suradigan jamoa g‘alaba qozondi
Bugun Malayziya Super ligasida 11-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtlarimiz Farxod Tojiev xamda Dilshod Sharofetdinovlar faoliyat olib bordigan “T-Tim” jamoasi bu turda “Selangor” klubini qabul qildi.
Har ikkala hamyurtimiz ham bahsni asosiy tarkibda boshlagan mazkur bellashuvda 88-daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga “T-Tim” muhim bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Malayziya Super ligasi. 11-tur
“T-Tim” – “Selangor” 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 88 Favzi Abdul Qadar.

Fikrlar