Legionerlarimizda bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat!

  • 9 fevral, 22:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ozarbayjon yuqori divizionida ikki nafar futbolchimiz – Jasur Jaloliddinov va Umarali Rahmonaliev ishtirok etmoqda.

Tecno

22-turning eng qiziqarli uchrashuvi Rossiyada ishlagan ikki tajribali murabbiy – Vasiliy Berezutskiy va Qurbon Berdiev boshqarayotgan jamoalar o‘rtasida bo‘ldi.

Berezutskiy bosh murabbiylik qilayotgan “Sabah” futbolchilari “Turon-Tovuz” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bellashuvning 15-daqiqasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda bir juft gol urib, irodali g‘alabaga erishdi.

G‘olib jamoa safida yaqinda “Rubin”dan ijaraga olingan o‘zbekistonlik futbolchi Umarali Rahmonaliev to‘liq o‘ynadi.

Jasur Jaloliddinov to‘p tepayotgan “Sumgayit” bu turda mehmonda “Shamaxi”ga qarshi to‘p tepdi. Uchrashuv mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbekistonlik legioner 70 daqiqa o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, “Sumgayit”ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

Qizig‘i shundaki, legionerlarimizning jamoalari musobaqa jadvalida ham ketma-ket joylashgan. 22 ta uchrashuvda 31 ochko jamg‘argan “Sabah” beshinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Sumgayit” 22 ochko bilan keyingi qatorda turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!