Lekler: "O‘zbekiston haqida ko‘proq narsalarni bilishga harakat qilaman"
"Ferrari" poygachisi Sharl Lekler O‘zbekiston haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Formula-1 piloti 12 dekabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan FIA Awards taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
- Aql bovar qilmaydi! Ko‘rganlarimning barchasi hayratlanarli. Menimcha boshqa hech qaerda bunday mayda detallargayam berilgan e’tiborni ko‘rmaganman. Bu er ajoyib, men boshqa mamlakatlar madaniyatiga juda qiziqaman. O‘zbekistonning ajoyib va juda qiziqarli tarixi bor, bu erga taklif etilish men uchun katta sharaf va men O‘zbekiston haqida ko‘proq narsalarni bilishga harakat qilaman, - dedi Lekler.
Mavsum yakuniga ko‘ra, Sharl 242 ochko to‘plagan holda Formula-1 shaxsiy reytingida beshinchi o‘rinni egalladi. Uning sherigi, shuningdek, etti karra chempioni britaniyalik Lyuis Xemilton oltinchi pog‘onadan joy oldi (156 ochko). "Maklaren" poygachisi Lando Norris jahon chempioni bo‘ldi.
Fikrlar