Lempard "Everton"ga "Chelsi"dagi sobiq jamoadoshini olib kelmoqchi

  • 2 fevral, 2022, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton"ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘zining "Chedsi"dagi sobiq jamoadoshi Eshli Koulni Mersisayd klubidagi murabbiylar shtabiga qo‘shilishini istamoqda.

Tecno

Sky Sports xabariga ko‘ra, Koul bilan muzokaralar allaqachon yakunlangan va yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kerak.

Koul hozirda "Chelsi" akademiyasida ishlaydi, shuningdek, Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga ham murabbiylik qiladi.

Avvalroq, aynan Lempardning iltimosiga ko‘ra "Everton" Dele Alli va Donni van de Bek bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!