
Lempard: "G‘alabani nishonlayotgan vaqtda qo‘limni sindirib oldim"
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard "Nyukasl" ustidan qozonilgan dramatik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, u gol urilgan onda qo‘lini sindirib olgan.
"Ha, g‘alaba zavqiga berilib, qo‘limni sindirib olganimni sezmay qolibman. Menimcha, suyaklarim nozik bo‘lsa kerak (kuladi).
Umuman olganda, ajoyib va unutilmas kecha bo‘ldi. Bizga shunday o‘yinlar kerak edi. Yigitlar har tomonlama hamjihatligi bilan g‘alabaga munosib ekanligini isbotladi.
"Everton" muxlislari anchadan buyon bizdan chiroyli g‘alaba kutayotgan edi. Ularga buni taqdim eta olganimizdan xursandman", - dedi angliyalik mutaxassis.
Fikrlar