Lempard himoyani kuchaytirishga variantlar topdi
Londonning “Chelsi” klubi rahbarlari jamoaga yaxshi darajadagi himoyachi olib kelish harakatida. Bosh murabbiy Frenk Lempardning talabiga ko‘ra, “Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz hamda “Brayton” vakili Lyuis Dank “ko‘klar” ro‘yxatidan o‘rin olgan.
“Aristokratlar” Stounzni keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijaraga olmoqchi, chunki uning narxi biroz baland. Dank uchun so‘ralayotgan mablag‘ni to‘lashga esa tayyor. “Chaykalar” fulbek xizmatlari uchun 40 mln funt sterling talab qilmoqda.
Avvalroq, londonliklar transferlar uchun 200 mln funt atrofida ajratishi ma’lum qilingandi.
Fikrlar