Lempard: «Jadvaldagi o‘rin ahamiyatsiz»
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lemparddan o‘z futbolchilari bilan jadvaldagi o‘rni haqida suhbatlashishi haqida savol berildi.
"Men buni kerakli paytda qilaman. Bu haqda ko‘p gapirishning foydasi bo‘ladi deb o‘ylamayman. Biz faqat o‘z o‘yinlarimizni ko‘rsatibgina jadvaldagi o‘rnimizga ta’sir ko‘rsata olamiz. To‘g‘ri, jadvaldagi vaziyatni bilish ham motivatsiya beradi"-deydi Lempard.
Hozirgi paytda "Chelsi" 41 ochko to‘plab 4 o‘rinda bormoqda. Ular bugun "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga chiqadi. Bu o‘yin APLning 26 tur doirasidan o‘rin olgan.

Fikrlar