Lempard: Jiru "Chelsi"da qolishini xohlayman

  • 21 oktabr, 2019, 13:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard yaqindagina etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab jamoadan ketmoqchiligini bildirgan hujumchi Olive Jiru haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Jiru maydonga tushmayotganidan xursan bo‘lmasligi kerak, bu faktni qabul qilmasligi lozim. Yaxshi futbolchilar xuddi shunday o‘ylashadi. Men unga hali imkoniyat berilishini va jamoaga katta foyda keltirishini aytdim. Men uning “Chelsi”da qolishini xohlayman”, - deydi Lempard.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 33 yoshli frantsiyalik futbolchiga “Inter” hamda MLS klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!