Lempard: "Kavanining transferi? Bunday taklifni rad etmayman"
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard PSJ hujumchi Edinson Kavanining transferi haqidagi savollarga javob berdi.
"Kavani ajoyib futbolchi, unga qarshi bir necha marotaba to‘p surganman. Uning mentaliteti menga juda yoqadi. Uning samaradorligi esa o‘zi haqida ma’lumot berib turibdi.
Kavani tajribali futbolchi, ammo boshqa shunday ko‘plab futbolchilar ham bor. Bizning jamoa yosh futbolchilardan tarkib topgan, unga tajribali futbolchilar qo‘shish iloji bo‘lsa rad etmagan bo‘lar edim. Chunki yosh futbolchilarga tajriba ham kerak bo‘ladi.
Kavanining transferi? Bu haqida to‘liq ma’lumotga ega emasman, shunday ekan yana ko‘ramiz", - deydi Lempard.

Fikrlar