Lempard: "Liverpul"ni mag‘lub eta olamiz, agar...
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard bugun bo‘lib o‘tadigan "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kayfiyatim juda yaxshi, o‘z futbolchilarimni bilaman va ularga ishonaman. Biz bu erga shunchaki kelib qolmadik. “Liverpul”ning ham nimalarga qodirligini bilaman. Ularda fantastik murabbiy bor va ular haqli ravishda Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdi.
Agar biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, g‘alaba qozonishimiz mumkin. Bu sovrin jamoamiz uchun alohida ahamiyatga ega”, - deydi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Chelsi” o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar