Lempard nega xursand?

  • 26.08.2020 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frenk Lempard jamoa mudofaa chizig‘ini mustahkamlash uchun “Lester” vakili Ben Chiluellni olishni orzu qilayotgan edi. Abramovichdek homiyi bor murabbiyning orzusi ham oson ushaldi.

“Lester” iste’dodli himoyachisini 50 million funt evaziga “Chelsi”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, transfer uch kun ichida yakunlanadi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. Londonliklar 23 yoshli himoyachiga besh yillik bitim taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!