Leningradda "Tosno" o‘rniga yangi jamoa tashkil etiladi
Rossiyaning Leningrad oblastida bugun rasman tugatilgan “Tosno” klubi o‘rniga yangi jamoa tashkil etiladi.
“Leningrad oblastida “Leningradets” nomi bilan yangi jamoa tuziladi. Klub allaqachon Professional futbol ligasida ishtirok etish uchun ariza bergan. Ushbu jamoa “Tosno”ning bir qator futbolchilariga taklif bilan chiqadi”, - deyiladi mahalliy hokimiyatning matbuot xizmati bergan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Vagiz Galiulin yakunlangan mavsumni aynan "Tosno" safida o‘tkazgan va Rossiya kubogida zafar quchgan edi.

Fikrlar