"Lester" ganalik futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 21.12.2018 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ganalik yarim himoyachi Deniel Amarti “Lester” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi “tulkilar” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, “Lester” Amartini 2016 yil “Kopengagen” klubidan 6 mln funtga sotib olgan edi. U joriy mavsum APLda jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!