"Lester" himoyachisi yozda MYuga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi yana "Lester" himoyachisi Garri Maguayrga qiziqish bildira boshladi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli angliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, MYu Maguayrni o‘tgan yoz ham sotib olishga harakat qilib ko‘rgan edi. Biroq, “tulkilar” o‘shanda futbolchisini 93 mln evroga baholashgan, bu narx esa mankuanliklarga ma’qul kelmagan edi.
Ma’lumot uchun, Maguayr “Lester” safiga 2017 yil “Xall Siti”dan 13,7 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 30ta o‘yinda ishtirok etdi va 3ta gol urishga erishdi.

Fikrlar