"Lester" mashg‘ulotlarga kelmagan Maxrezni 240 ming funt jarimaga tortdi

“Lester” klubi rahbariyati hech qanday ruhsatsiz Jazoirga ketib qolgan va ikki haftadan buyon mashg‘ulotlarda ishtirok etmayotgan yarim himoyachi Riyod Maxrezni jarimaga tortdi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha 26 yoshli futbolchi ushbu holat uchun ikki haftalik maoshi miqdorida, ya’ni 240 ming funt jarimaga tortilgan. Maxrezning bunday qaysarlik qilayotganiga sabab, “tulkilar” uni qishda 80 mln funt evaziga “Manchester Siti”ga qo‘yib yuborishmagan edi.

Ma’lumot uchun, Jazoir terma jamoasi a’zosi joriy mavsum APLda jami 24ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!