
Levandovski agenti bilan yashirincha uchrashdi va ...
Myunxenning "Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski agenti Pini Zaxavi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 29 yoshli polshalik futbolchi agenti bilan Myunxendagi restoranlarning birida uchrashgan. Tomonlar kechki ovqat paytida “Bavariya”dan ketish masalasini muhokama qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski joriy mavsum Bundesliga to‘purarligini qo‘lga kiritdi. Unga "Real" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar