Levandovski “Barsa”dagi kelajagi haqida gapirdi
“Barselona” to‘purari Robert Levandovski ispaniyalik jurnalistlar tomonidan berilgan kelajagi haqidagi savollarga javob qaytardi.
Avvalroq, kataloniyaliklar “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni transfer qilgani 36 yoshli polshalik forvardni bezovta qilgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
- Kelajagim qanday bo‘lishini bilmayman. Bu yoshda uzoq muddatli rejalar tuzib bo‘lmaydi. Men xotirjamman. Hozir bu mavsumdan keyin nimalar bo‘lishi muhim emas.
Eng asosiysi – men yangi mavsumda nimalar qila olishimdir. Muhimi – men ich-ichimdan nimani his qilishimdir. Keling, avval bu mavsumda nimalar bo‘lishini bir ko‘raylik, - dedi Robert Levandovski.
Tajribali forvard o‘tgan mavsumda “Barselona” tarkibida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 42 marta ishg‘ol qildi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 avgust kuni tugaydi.

Fikrlar