Levandovski “Bavariya” mashg‘ulotlariga boykot e’lon qiladi. Agarda...

  • 06.07.2022 13:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

Polshalik hujumchining transferi haqidagi “serial” bir necha oydan beri davom etmoqda. Levandovskining "nemis mashinasi" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Robertning o‘zi faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi ekanligini bir necha bor ta’kidlagan, biroq "Bavariya" rahbariyati futbolchidan shartnomasining oxirigacha o‘ynab berishini talab qilmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, "Barselona" polshalikka yana bir taklif jo‘natmoqchi va unga ko‘ra, forvardning transferi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan.

Agar, myunxenliklar bu taklifga ham rozi bo‘lmasa, Levandovski  "Bavariya"ning mavsumoldi mashg‘ulotlariga boykot e’lon qilishga tayyor ekanligi xabar qilingan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!