Levandovski endi 1-o‘rinda emas

  • 07.04.2021 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund hujumchisi Marko Roys jamoa tarixida Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.

Tecno

31 yoshli germaniyalik futbolchi kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga (1:2) qarshi o‘yinda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Shu tariqa u o‘zining EChLdagi gollari sonini 18 taga etkazib oldi va bu borada jamoaning sobiq hujumchisi Robert Levandovskiga (17) tegishli rekordni yo‘qqa chiqardi.

Marko Roys  "Borussiya" safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 39 ta bahsda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Robert Levandovski “Borussiya” safida 2010-2014 yillarda o‘ynagan. 32 yoshli polshalik futbolchi 4 yil davomida 131 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 74 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!