
Levandovski "Evro-2024"dan keyin Polsha terma jamoasini tark etadimi?
Polsha terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski 2024-yilgi Evropa chempionatidan keyin ham o‘z mamlakati terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamasligini aytdi.
"Haqiqatan ham bilmayman. Bunga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shuncha yil davomida ma’lum darajada, katta umidlar bilan o‘ynash, nafaqat o‘z orzularingizni, balki polshaliklarning orzularini ro‘yobga chiqarishga intilish ham og‘ir yuk. Albatta, jamoada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ichkaridagi atmosfera sizni bu erda qolishdan zavqlantiradi. Jismoniy jihatdan ham bu meni bezovta qilmaydi."
"Kelajakda terma jamoani juda erta tark etganimdan afsuslanmoqchi emasman. Ammo, vaqti kelganda men bu qarorga qarshi kurashishni xohlamayman. Xozir esa unday emas.", - deya Levandovski so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, "Evro-2024" guruh bosqichidagi ikkita o‘yindan so‘ng Polsha terma jamoasi birorta ham ochko ololmadi va turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Fikrlar