
Levandovski: "Gyundogandek sherigingiz bo‘lsa, qorong‘uda ham futbol o‘ynasa bo‘ladi"
Evropa Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Napoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Kataloniyaliklar safida Fermin, Kanselu hamda Levandovski gol urgan bo‘lsa, neapolliklarning yagona goli Rahmani tomonidan kiritildi.
Robert Levandovski jamoadoshi Ilkay Gyundogan haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Polshalik futbolchi o‘tgan yozda Kataloniya grandiga ko‘chib o‘tgan sherigidan mamnunligini ta’kidladi.
"Gyundogandek sherigingiz bo‘lsa, qorong‘uda ham futbol o‘ynashingiz mumkin. U har doim optimal holatda. Ilkay ba’zida hech qanday maqsadsiz yugurgandan ko‘ra, o‘z pozitsiyangizni oqilona tanlab, kutish yaxshiroq ekanini doim isbotlaydi", - dedi Levandovski o‘yindan keyingi intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Gyundogan va Levandovski Dortmundning "Borussiya"sida o‘ynagan va bu jamoa bilan Chempionlar Ligasi finaliga qadar etib borgan.
Fikrlar