Levandovski Messi va Ronalduni o‘zaro taqqosladi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski zamonamizning eng kuchli ikki hujumchisi - Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
"Men Ronalduni mehnati uchun hurmat qilaman. Messiga hammasi oson ko‘rinadi. Menimcha, Krishtianu muvaffaqiyati uchun ko‘proq mehnat qilgan", - dedi Levandovski Goal.com nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski bu yilgi “Oltin to‘p” mukofotida aynan Messiga imkoniyatni boy berdi.
Polshalik futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar