Levandovskiga maxsus “Oltin to‘p” topshirildi (foto)

  • 11 noyabr, 2020, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” hujumchisi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, dunyoning eng kuchli futbolchisiga beriladigan eng nufuzli sovrin – “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar edi. Biroq, sovrin ta’sischilari pandemiyaning futbolga ta’siri inobatga olgan holda bu gal sovrinni hech kimga topshirmaslikka qaror qildi.

Tecno

Shunday bo‘lsa-da, Levandovski o‘ziga xos “Oltin to‘p”ga ega bo‘ldi. Polshalik mashhur reper Kuebonafide “Bavariya” hujumchisiga Lego konstruktsiyasidan yasalgan “Oltin to‘p”ni topshirdi.

1200_1200_max_10

France Football nashri ta’sis etgan “Oltin To‘p” sovrini 1956 yldan buyon mavsumning eng zo‘r futbolchisi, deb topilgan futbolchilarga berib kelinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!