Levandovskini 16 yoshli vunderkind hayratga soldi
“Barselona”ning eng tajribali hujumchisi Robert Levandovski 16 yoshli jamoadoshi Lamin Yamal haqida juda iliq fikrdi.
Bu mavsum Lamin asosiy tarkibga yorib kirdi va yosh bilan bog‘liq bir necha rekordlarni yangiladi.
- Men yosh o‘yinchilar qanday mashg‘ulot o‘tkazishiga ko‘p guvoh bo‘lganman. Lekin Lamin qilgan ishlarni umuman ko‘rmaganman. U ajoyib futbolchi va menga juda yoqyapti.
16 yoshli bolalar 30 yoshga kirgan erkaklarni raqobatda enga oladimi? Yo‘q, bu bir bo‘ladi xolos. Hozir yoshlarga yanada qiyin, chunki ular ijtimoiy tarmoqda nimalar yozishayotganini o‘qib boradi. Avvallari unaqa bo‘lmagan, - dedi Robert Levandovski.

Fikrlar