
Levandovskining goli "Bavariya"ni finalga olib chiqdi (video)
“Bavariya” Germaniya kubogi yarim finalida “Ayntraxt”ga qarshi bahs olib bordi.
Myunxenda kechgan uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollarga “Bavariya”dan Ivan Perishich (14') hamda Robert Levandovski (74') mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona javob to‘pini Danni da Koshta (69') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Shu tariqa “Bavariya” Germaniya kubogi finaliga yo‘l oldi. Ularni hal qiluvchi bellashuvda “Bayer” kutib turibdi.
Fikrlar