Liam Rosenyor "Chelsi"dan "Real" futbolchisini sotib olishni so'radi
"Chelsi" jamoasi yangi bosh murabbiyi Liam Rosenyor allaqachon klub rahbariyatiga transfer bo‘yicha murojaat qilgan. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Rosenyor "Chelsi"dan "Real" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni jamoaga olib kelishni so‘ragan. Murabbiyning fikricha, futbolchi londonliklar o‘yin tizimiga aynan mos keladi.
Ta’kidlanishicha, "arisrokratlar" Trentni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga harakat qilmoqchi. Biroq "qirollik klubi" futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, kecha London klubi Lian Rosenyorni jamoaga yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Klub Angliyalik mutaxassis bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.



Fikrlar