Liga 1. PSJ kutilmaganda durang o‘ynadi

  • 29.08.2022 01:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionati 4-turi doirasidagi PSJ - "Monako" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

O‘yindagi hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Bahsning 20-daqiqasida Kevin Folland gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymning 70-daqiqasiga kelib, Neymar gol urdi va oradagi muvozanatni tikladi. O‘yinning qolgan daqiqalari ham kurashlarga boy o‘tdi, ammo boshqa darvozalarga gol kiritilmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!