Lillexammer 2026 yoki 2030 yilgi qishki Olimpiadaga mezbonlik qilmoqchi

CHERY AUTO

Norvegiyaning Lillexammer shahri 2026 yoki 2030 yili o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi. Bu haqida Norvegiya Olimpiya qo‘mitasi vakillari xabar berishmoqda. 

Tecno

Ta’kidlanishicha, Lillexammer ushbu Olimpiadalardan birini qabul qilish uchun astoydil kurashadi. Biroq o‘sha davrga borib, ayrim sport ob’ektlari ancha yaroqsiz ko‘rinish olishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ba’zi musobaqalar shahardan chetroqda Oslo, Finnmark kabi shaharlarda bo‘lishi mumkin. 

XOQning norvegiyalik faxriy a’zosi Olimpaida uchun Lillexammerdagi ayrim inshootlardan noldan boshlab qurilishi kerakligi, bu katta mablag‘ talab qilinishini inobatga olgan holda, boshqa shaharlar bilan birgalikda bahslarni qabul qilishni rejalashtirilganini ta’kidladi. Bu borada yakuniy qarora mamlakat parlamenti bilan muhokama qilingach, yaqin hafta ichida chiqarilishi haqida xabar berildi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu shahar 1994 yili kattalar o‘rtasidagi, 2016 yili esa o‘smirlar Olimpiadasiga mezbonlik qilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!